O‘zbekiston Prezidenti Belarus Prezidenti bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqotida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, qo‘shma kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va faol gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Belarus Prezidenti davlatimiz rahbarini Prezident saylovida qozongan ishonchli g‘alabasi bilan samimiy qutlab, O‘zbekistonga katta muvaffaqiyatlar va ravnaq tiladi.
O‘zaro savdo hajmi oshib, tibbiyot, farmatsevtika, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlarda amalga oshirilayotgan loyihalar soni ko‘payib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Joriy yilning aprel oyida Belarusda O‘zbekiston madaniyati kunlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi, may oyida Toshkent shahrida birgalikda suratga olingan kinofilm premerasi bo‘lib o‘tdi.
Ikki mamlakat yetakchilari tomonidan O‘zbekiston-Belarus hukumatlararo komissiyasi ishini faollashtirish muhimligi qayd etildi.
Mintaqaviy tashkilotlar, shu jumladan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi va Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorlikka oid masalalar ham ko‘rib chiqildi.

So'ngi yangiliklar
Kuni kecha “O'zbekiston” telekanalida to'g'ridan to'g'ri namoyish etilgan “Munosabat” tok-shousining navbatdagi soni ta'lim sohasidagi islohotlar, ijobiy o'zgarishlar va yangiliklarga bag'ishlandi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga doir bilimlarini oshirishga qaratilgan profilaktik-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Maktablarda qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ham ko‘rsatilishi mumkin
Davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish: ochiqlik va shaffoflik
O‘zbekiston Prezidenti MDH bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi
“Boburnoma” asarining o‘zbek kitobxonlari uchun taqdimoti o‘tkazildi
“Boburnoma” asarining o‘zbek kitobxonlari uchun taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari har tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladilar
Ko`proq yangiliklar