Senat Raisi: har bir insonning hayotdan rozi bo‘lib yashashiga erishish davlatning eng ustuvor maqsadiga aylandi
Buning uchun barcha resurslar, sa’y-harakatlar safarbar etilmoqda.
Senatning qirq ikkinchi yalpi majlisi davom etmoqda. Majlisni kirish so‘zi bilan ochgan Senat Raisi Tanzila Norboyeva mamlakatimizda siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirilayotganiga e’tibor qaratdi.
E’tiborli jihati, islohotlar yildan-yilga yangi bosqichga ko‘tarilib, o‘z amaliy natijalarini bermoqda. Bunda hududlar rivoji, mahallalar obodligi va oilalar farovonligini ta’minlash, qolaversa, har bir insonning hayotdan rozi bo‘lib yashashiga erishish davlatning eng ustuvor maqsad va vazifasiga aylandi. Buning uchun barcha resurslar, sa’y-harakatlar safarbar etilmoqda.
Eng muhimi, jamiyatimiz, fuqarolarimizning ham ushbu islohotlarga hamohang tarzda siyosiy, ijtimoiy faolligi ortib bormoqda. Bunga senatorlar joylarga chiqqanda guvoh bo‘lmoqda. Xususan, so‘nggi 20 kun ichida senatorlar hududlarda qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish, fuqarolar qabulini o‘tkazish davomida ham buni bevosita kuzatdi.
Aholi faol va talabchan. Bu esa bizdan davlatning barcha mansabdorlari qatorida mas’uliyatni yana bir necha karra oshirishni talab qiladi. Doimo izlanishda bo‘lishimiz, yanada tashabbuskorlik ko‘rsatishimiz lozim dedi Senat Raisi.

So'ngi yangiliklar
Kuni kecha “O'zbekiston” telekanalida to'g'ridan to'g'ri namoyish etilgan “Munosabat” tok-shousining navbatdagi soni ta'lim sohasidagi islohotlar, ijobiy o'zgarishlar va yangiliklarga bag'ishlandi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga doir bilimlarini oshirishga qaratilgan profilaktik-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Maktablarda qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ham ko‘rsatilishi mumkin
Davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish: ochiqlik va shaffoflik
O‘zbekiston Prezidenti MDH bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi
“Boburnoma” asarining o‘zbek kitobxonlari uchun taqdimoti o‘tkazildi
“Boburnoma” asarining o‘zbek kitobxonlari uchun taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari har tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladilar
Ko`proq yangiliklar