Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga doir bilimlarini oshirishga qaratilgan profilaktik-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
✅ Tadbir doirasida faoliyatdagi ochiqlikni ta'minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi. Xususan:
✔️ vazirlikning korrupsiyaga karshi kurashish siyosati, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom kabi jami 12 ta ichki lokal hujjat tasdiqlanib, amaliyotga joriy etildi;
✔️ “Korrupsiyaga qarshi kurash va huquqiy nazorat boshqarmasi to‘g‘risida”gi nizom ham tasdiqlandi;
✔️ vazirlik jamoasining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan amaldagi qonunchilik va ichki idoraviy lokal hujjatlarga rioya etish bo‘yicha quyi tashkilotlarga namuna bo‘lishi yuzasidan Vazirning murojaatnomasi e’lon qilindi.
❗️Bundan asosiy maqsad, maktabgacha va maktab ta’limi sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, korrupsiyaga qarshi kurashishda keng jamoatchilik vakillari rolini yanada oshirishdan iboratdir.
❕Ma'lumot o'rnida, vazirlik tasarrufidagi tashkilotlar, ta’lim muassasalari va hududiy boshqarmalarida ham korrupsiyaga qarshi kurashish, soha mas’ullari tomonidan turli qonun buzilish holatlarini oldini olishga qaratilgan profilaktik-targ‘ibot tadbirlari tizimli ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

So'ngi yangiliklar
Kuni kecha “O'zbekiston” telekanalida to'g'ridan to'g'ri namoyish etilgan “Munosabat” tok-shousining navbatdagi soni ta'lim sohasidagi islohotlar, ijobiy o'zgarishlar va yangiliklarga bag'ishlandi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga doir bilimlarini oshirishga qaratilgan profilaktik-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Maktablarda qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ham ko‘rsatilishi mumkin
Davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish: ochiqlik va shaffoflik
O‘zbekiston Prezidenti MDH bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi
“Boburnoma” asarining o‘zbek kitobxonlari uchun taqdimoti o‘tkazildi
“Boburnoma” asarining o‘zbek kitobxonlari uchun taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari har tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladilar
Ko`proq yangiliklar