TATU talabalari xalqaro matematika olimpiadasida faxrli o‘rinni egalladi
Mamlakatimizda talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ularning xalqaro fan olimpiadalarida faol ishtirok etishlari uchun sharoit yaratib berilmoqda.
O‘zbekiston va Turkmaniston Respublikalari o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, iqtidorli talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Turkmaniston ta’lim vazirligi Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universitetida "OMOUS-2023" xalqaro matematika olimpiadasini tashkil etdi. 13 davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasidagi intellektual bellashuvlarda 280 dan ortiq, yurtimizdan 41 nafar talaba ishtirok etdi.
Matematika fanining A. kategoriyasida ishtirok etgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 4 nafar talabasi muvaffaqiyat qozonib, Asadbek Sindarov ikkinchi, Ixtiyor Teshaboyev, Javohir Isroilov, Muzaffar Sahidinov uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.Umumiy hisobda TATU talabalari mazkur xalqaro matematika olimpiadasida 60 davlat yoshlari orasida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.

M.Qosimova, O‘zA
So'ngi yangiliklar
Kuni kecha “O'zbekiston” telekanalida to'g'ridan to'g'ri namoyish etilgan “Munosabat” tok-shousining navbatdagi soni ta'lim sohasidagi islohotlar, ijobiy o'zgarishlar va yangiliklarga bag'ishlandi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga doir bilimlarini oshirishga qaratilgan profilaktik-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Maktablarda qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ham ko‘rsatilishi mumkin
Davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish: ochiqlik va shaffoflik
O‘zbekiston Prezidenti MDH bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi
“Boburnoma” asarining o‘zbek kitobxonlari uchun taqdimoti o‘tkazildi
“Boburnoma” asarining o‘zbek kitobxonlari uchun taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari har tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladilar
Ko`proq yangiliklar