Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligida Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligining Sejong shahri boshqarmasi vakillari va Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya ta’lim markazi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o'rinbosari Dilshod Kenjayev va vazirlik mas'ullari ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida tomonlar:
✔️ koreys tili o‘qituvchilar malakasini oshirish,
✔️ koreys tili ikkinchi xorijiy til sifatida joriy qilinishi rejalashtirilgan maktablar uchun koreys tili o‘quv dasturini ishlab chiqish hamda darsliklar bilan ta’minlash,
✔️ o'quvchilar va o'qituvchilar almashinuv dasturi,
✔️ kasbiy ta’lim yo‘nalishida o‘quvchilarning Koreyada almashinuv dasturlarida ishtirok etishi,
✔️ maktab boshqaruvi bo‘yicha kadrlar salohiyatini oshirish,
✔️ maktabdan tashqari ta’lim yo‘nalishida turli loyihalarni amalga oshirish kabi sohalarda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qilishdi.
Uchrashuv doirasida Koreya ta’lim markazi direktori Pang Chu Man, direktor o'rinbosari Jang Hyeongki va markaz vakili Jung Jaewonga samarali hamkorlik uchun Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining tashakkurnomasi topshirildi.

So'ngi yangiliklar
Kuni kecha “O'zbekiston” telekanalida to'g'ridan to'g'ri namoyish etilgan “Munosabat” tok-shousining navbatdagi soni ta'lim sohasidagi islohotlar, ijobiy o'zgarishlar va yangiliklarga bag'ishlandi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga doir bilimlarini oshirishga qaratilgan profilaktik-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Maktablarda qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ham ko‘rsatilishi mumkin
Davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish: ochiqlik va shaffoflik
O‘zbekiston Prezidenti MDH bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi
“Boburnoma” asarining o‘zbek kitobxonlari uchun taqdimoti o‘tkazildi
“Boburnoma” asarining o‘zbek kitobxonlari uchun taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari har tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladilar
Ko`proq yangiliklar