Faol jurnalistlar sharaflandi

Jizzax viloyati prokuratura organlari tomonidan 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni oldidan qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolar, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilikning oldini olish maqsadida joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.

Anjumanda viloyat prokuraturasi rahbariyati, bo‘lim boshliqlari, markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlar ishtirok etdi.  
– Bugun biz sizlarga viloyat prokuraturasi organlari tomonidan 2023 yilning o‘tgan 5 oyi davomida amalga oshirilgan ishlarimiz haqida batafsil ma’lumot berishni avvaldan tayyorlangan videolavha namoyishi orqali ko‘rsatib, faoliyatimizga oshkora munosabat fikr bildirasizlar degan umiddamiz, – dedi tadbir avvalida Jizzax viloyati prokurori o‘rinbosari Ma’ruf Xo‘jamqulov.  
“Prokuror va yoshlar” mavzusida jami 212 (o‘tgan yilning shu davrida 207) marotaba  
o‘tkazilgan uchrashuvlarda 1 ming 50 (976) nafar uyushgan va 3 ming 118 (2 ming 870) nafar uyushmagan yoshlardan kelib tushgan 765 ta (864) murojaatning 628  tasi (648) ijobiy  hal  etilgan. Jumladan, ish bilan ta’minlash masalasida 36 nafar yoshning murojaati ijobiy hal qilingan hamda 45 nafar yoshga murojaatlari bo‘yicha jami 1 milliard 100 million so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan.  
O‘tkazilgan tekshirish natijalariga ko‘ra 233 ta protest, 226 ta taqdimnoma, 276 ta ogohlantiruv, 345 ta intizomiy, 105 ta ma’muriy, 1 milliard 9 million so‘mlik yetkazilgan zararlar ixtiyoriy undirilgan, 618 ta 2 milliard 200 million so‘mlik fuqarolik va ma’muriy sudlarga da’vo arizasi kiritilgan, 814 ta 36 milliard 100 million so‘mlik iqtisodiy sudlarga da’vo arizasi kiritilgan, qo‘pol qonun buzilishi holatlari yuzasidan 70 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.  
Tadbirkorlarning huquqiy himoyasini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan omillarni bartaraf etish borasida o‘tkazilgan tizimli tadbirlar davomida faoliyat ko‘rsatmayotgan 240 ta tadbirkorlarning faoliyati prokuratura organlarining aralashuvi bilan tiklangan. Shuningdek, prokuratura organlarining amaliy yordami bilan 367 ta yangi tadbirkorlik sub’ektlari tashkil etilib, ularda 415 ta  yangi  ish o‘rinlari yaratilishiga erishildi.  
O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 867 ta tadbirkorning huquqlari buzilganligi aniqlanib, 96 ta prokuror nazorati hujjatlari qo‘llanilgan. Sudlarga 16 milliard  500 million so‘mlik 55 ta ariza kiritilgan, tadbirkorlar foydasiga 12 milliard 200 million so‘mlik zarar ixtiyoriy undirilib, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida, o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida 3 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, qurilish jarayonlari viloyat va tuman prokuraturalarda tashkil etilgan shtablar tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda.  
Ochiq va oshkora muloqot tarzida o‘tgan matbuot anjumani qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘ldi.  
Matbuot anjumani so‘ngida 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan prokuratura organlari bilan hamkorlikda faoliyat olib borgan bir guruh markaziy va mahalliy OAV xodimlari hamda blogerlar Jizzax viloyati prokurorining tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.  



A.QAYUMOV,  
J.YORBEKOV (surat), O‘zA

Top