Qurbon hayiti munosabati bilan poytaxtda ayrim ko‘chalar yopiladi

Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan poytaxtda 28 iyun kuni soat 00:00 dan soat 07:30 ga qadar ayrim ko‘chalarda transport vositalari harakati to‘xtatiladi.
Jumladan,
Mirzo Ulug‘bek tumani:
– «To‘ra buva» masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi – Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li – Sultoniya ko‘chasigacha.
Bektemir tumani:
– «Xo‘ton» masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi – Husayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.
Olmazor tumani:
– «Islomobod» masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha;
– «Hazrati imom» masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi – Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.
Shayxontoxur tumani:
– «Shayx Zayniddin» masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
– «Xo‘ja Alambardor» masjidi oldidagi Bunyodkor – Kamolon ko‘chalari chorrahasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha;
– «Kox ota» masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi – Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani:
– «Ubay ibn Ka’b» masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorraxasigacha;
– «Katta Qozirobod» masjidi oldidagi Chilonzor ko‘chasi – Chilonzor – Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon ko‘chalari chorrahasigacha;
– «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha;
– «Novza» masjidi oldidagi Bunyodkor-Muqumiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha bo‘lgan yo‘lda harakat cheklanadi.
Uchtepa tumani:
– «Abdullox ibn Ma’sud» masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qa’ni ko‘chalari chorrahasigacha;
– «Hazrati Ali» masjidi Nazarbek-Maxorat ko‘chalari chorraxasidan Nazarbek-Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.
Yunusobod tumani:
– «Minor» masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KXAY –Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha;
– «Mirzo Yusuf» masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha.Yakkasaroy tumani:
– «Usmon bin Ma’zun» masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.
Yashnobod tumani:
– «Islom ota» masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha;
– «Ali ibn Abu Tolib» masjidi oldidagi Cho‘lpon ko‘chasi - Imom Buxoriy - Cho‘lpon ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘lpon – Salohiyat ko‘chalari chorrahasigacha.
Mirobod tumani:
– «Qo‘liq ota» masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan TXAY va Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi.
Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Top