Yoshlar muammolari hal etilmoqda
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Yoshlar Press-klubida Sergeli tumanida yashovchi to'qqiz nafar yoshlar bilan uchrashdi.
❗️Vazir yoshlarning qiziqishlari, kelajakda egallamoqchi bo'lgan sohalari haqida suhbatlashdi.
🔰Suhbat yakunida ularga kasb faoliyatlarini yo'lga qo'yishlari uchun penablok va sovun ishlab chiqaruvchi, grill tayyorlovchi uskunalar, videomontaj uchun zamonaviy kompyuter, yuk tashish uchun mototransport, plastik romlar o'rnatish, mebel ta'mirlash hamda sartaroshlik bilan shug'ullanish uchun asbob-uskunalar to'plamlari taqdim etildi.
Ochiq muloqot davomida muammosi ijobiy hal qilingan ota-ona va yoshlar ko'rsatilgan yordamning hayotlarida qanchalik muhim ahamiyat kasb etganini aytib, o'z minnatdorchiliklarini bildirishdi.
⚡️Shuningdek, yoshlar bilan tizimli ishlashda alohida o'rnak ko'rsatgan 5 nafar yoshlar yetakchilari vazir tomonidan tashakkurnoma va qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlanishdi.
❕Ma'lumot uchun, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziriga 40 nafar yoshlar biriktirilgan bo'lib, bugungi kunga qadar ularning 37 nafari bilan yuzma-yuz uchrashuv tashkil etilgan.

So'ngi yangiliklar
Kuni kecha “O'zbekiston” telekanalida to'g'ridan to'g'ri namoyish etilgan “Munosabat” tok-shousining navbatdagi soni ta'lim sohasidagi islohotlar, ijobiy o'zgarishlar va yangiliklarga bag'ishlandi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga doir bilimlarini oshirishga qaratilgan profilaktik-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Maktablarda qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ham ko‘rsatilishi mumkin
Davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish: ochiqlik va shaffoflik
O‘zbekiston Prezidenti MDH bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi
“Boburnoma” asarining o‘zbek kitobxonlari uchun taqdimoti o‘tkazildi
“Boburnoma” asarining o‘zbek kitobxonlari uchun taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari har tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladilar
Ko`proq yangiliklar