Mangu do‘stlikka ishora bo‘lgan madaniyat kunlari
Qozog‘iston madaniyat kunlari doirasida Qozog‘iston Respublikasi madaniyat va sport vaziri Asxat Oralov O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan uchrashdi. Muloqotda ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Asat Oralov Qozog‘iston madaniyat kunlarining muvaffaqiyatli o‘tkazilgani uchun O‘zbekiston hukumati va vazirlikka alohida minnatdorlik bildirdi. Kelgusida madaniy tadbirlarni Qashqadaryo, Navoiy va Farg‘ona viloyatlarida, Qozog‘istonning Aktau, Turkiston va boshqa viloyatlarida o‘tkazish, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida Hukumatlararo komissiyaning 20-yig‘ilishi bayonida «e-Qonaq» va «e-Mehmonxona» ("e-Mehmon) milliy axborot bazalarining xorijiy turistlar bo‘yicha statistik ma’lumotlar almashinishda integratsiyalash masalalari ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, vazirliklar o‘rtasida idoralararo ishchi guruhini shakllantirish, mazkur guruh yig‘ilishini o‘tkazish hamda transchegaraviy turistik marshrutlarni ishlab chiqish va ular bo‘ylab ekspeditsiya o‘tkazish, ikki davlat filmlarini kinoprakatlarga chiqarish yuzasidan amaliy takliflar muhokama qilindi. Shundan so‘ng vazirlar Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida tashkil etilgan Qozog‘iston madaniyat kunlari tadbirining yopilish marosimida ishtirok etdi. Tadbirda ikki qardosh davlat vazirlari madaniyat kunlari va uning doirasida o‘tgan kino kunlari loyihasining muvaffaqiyat bilan o‘tkazilganini e’tirof etdi. Bunday tadbirlarni muntazam o‘tkazish xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashini ta’kidladilar. Dastur doirasida Abay nomidagi Qozoq milliy opera va balet teatrining “Abay” spektakli namoyish etildi.

So'ngi yangiliklar
Kuni kecha “O'zbekiston” telekanalida to'g'ridan to'g'ri namoyish etilgan “Munosabat” tok-shousining navbatdagi soni ta'lim sohasidagi islohotlar, ijobiy o'zgarishlar va yangiliklarga bag'ishlandi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga doir bilimlarini oshirishga qaratilgan profilaktik-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Maktablarda qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ham ko‘rsatilishi mumkin
Davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish: ochiqlik va shaffoflik
O‘zbekiston Prezidenti MDH bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi
“Boburnoma” asarining o‘zbek kitobxonlari uchun taqdimoti o‘tkazildi
“Boburnoma” asarining o‘zbek kitobxonlari uchun taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari har tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladilar
Ko`proq yangiliklar