Xalqaro maqom festivali g‘oliblari qatorida o‘zbekistonlik ijodkorlar ham bor
Avval xabar berganimizdek, 18-25 iyun kunlari Ozarbayjonning Boku shahrida oltinchi Xalqaro mug‘om (maqom) festivali bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiya, O‘zbekiston, Eron, Isroil, Ozarbayjondan 22 nafar sozanda va xonanda g‘oliblikka da’vogar bo‘ldi. E’tiborga molik jihati, mazkur festivalda o‘zbekistonlik san’atkorlar o‘z iste’dodini munosib tarzda namoyish etdi. Jumladan, hamyurtlarimiz taniqli maqom xonandasi Mohichehra Shomurodova - Gran-priga munosib topildi. Shuningdek, sozanda Shohjahon Yoriyev o‘z yo‘nalishida ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Xonanda Do‘stmurod Negmurodov uchinchi o‘ringa loyiq topildi. Shuningdek, o‘zbekistonlik fotoijodkor Husniddin Atoning "Mug‘om (maqom) ijrochilari" nomli fotoko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

So'ngi yangiliklar
Kuni kecha “O'zbekiston” telekanalida to'g'ridan to'g'ri namoyish etilgan “Munosabat” tok-shousining navbatdagi soni ta'lim sohasidagi islohotlar, ijobiy o'zgarishlar va yangiliklarga bag'ishlandi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga doir bilimlarini oshirishga qaratilgan profilaktik-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Maktablarda qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ham ko‘rsatilishi mumkin
Davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish: ochiqlik va shaffoflik
O‘zbekiston Prezidenti MDH bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi
“Boburnoma” asarining o‘zbek kitobxonlari uchun taqdimoti o‘tkazildi
“Boburnoma” asarining o‘zbek kitobxonlari uchun taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari har tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladilar
Ko`proq yangiliklar