Bitiruvchilarga “leytenant” harbiy unvoni topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida bitiruvchi kursantlarga “leytenant” harbiy unvoni va diplom topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Abdulla Qo‘ldoshev hamda Akademiya boshlig‘i general-polkovnik Qobul Berdiyev so‘zga chiqib, mamlakatimizning “Ta’lim to‘g‘risida” va “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi qonunlari yurtimizda oliy ma’lumotli mutaxassis kadrlarni har tomonlama yetuk, mas’uliyat va burchini chuqur his qiladigan hamda o‘z kasbini sevib ardoqlaydigan, fidoyi insonlar qilib tarbiyalash uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berishga qaratilganini ta’kidladi.
Shuningdek,, so‘nggi yillarda oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini mustahkamlash, oliy ta’limda ilm-fanni yanada rivojlantirish, uning akademik ilm-fan bilan integratsiyalashuvini kuchaytirish, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligi va natijadorligini oshirish, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Tadbirda qayd etilganidek, bu yilgi o‘quv yilida 161 nafar bitiruvchidan 5 nafari imtiyozli (qizil) diplom olishga muvaffaq bo‘ldi. So‘zga chiqqan bitiruvchilar va ularning ota-onalari, taklif etilgan mehmonlar o‘zlarining his-hayajonga to‘la tilaklarini izhor etib, yosh ofitserlarni samimiy muborakbod etdi.
– Bugun ikkinchi farzandim Jaloliddin ofitserlik unvonini olib, mustaqil hayotga yo‘l olayotganidan boshim ko‘kka yetdi, – dedi podpolkovnik Baxshillo Jahonqulov. – O‘zim ham shu sohada mehnat qilayotganim uchun bizning oilamizda ham ushbu kasbga xos bo‘lgan muhit shakllangan va o‘g‘lim shu ruhda voyaga yetgan. Ishonamanki, farzandlarim jonajon Vatanimiz va xalqimiz xizmatida bo‘lib, ushbu oliy dargohda olgan nazariy bilim va ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llab, mustaqil yurt osoyishtaligini ta’minlashga bor kuch va shijoatlarini safarbar etadilar.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
So'ngi yangiliklar
Kuni kecha “O'zbekiston” telekanalida to'g'ridan to'g'ri namoyish etilgan “Munosabat” tok-shousining navbatdagi soni ta'lim sohasidagi islohotlar, ijobiy o'zgarishlar va yangiliklarga bag'ishlandi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga doir bilimlarini oshirishga qaratilgan profilaktik-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Maktablarda qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ham ko‘rsatilishi mumkin
Davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish: ochiqlik va shaffoflik
O‘zbekiston Prezidenti MDH bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi
“Boburnoma” asarining o‘zbek kitobxonlari uchun taqdimoti o‘tkazildi
“Boburnoma” asarining o‘zbek kitobxonlari uchun taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari har tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladilar
Ko`proq yangiliklar