Umumta'lim maktablarining 10-11-sinf o'quvchilaridan iborat terma jamoa xalqaro musobaqada ishtirok etishdi
Bugun Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi “Spassk” o‘quv markazida “Aybin” xalqaro harbiy-vatanparvarlik musobaqasida g'olib bo'lgan o'quvchilarimiz Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.
Xalqaro yoshlar ishtirokida 17-23-iyun kunlari bo’lib o’tgan tadbir doirasida harbiy-amaliy ko‘pkurash musobaqalari o‘tkazilib, yigit-qizlar o‘rtasida o‘zaro do‘stona raqobat muhiti yaratildi.
Jumladan, tadbir ishtirokchilaridan iborat 43 ta jamoa vakillari:
harbiylashgan estafeta,
arqon tortish,
qurolni noto’liq holda sochib-yig’ish,
ommaviy qirg‘in qurollaridan himoyalanish vositalaridan foydalanish,
pnevatik miltiqda o‘q otish,
turnikda tortilish hamda intellektual savodxonlik va badiiy havaskorlik yo‘nalishlarida o’zaro kuch sinashishdi.
Musobaqalar yakuniga ko‘ra:
Qozog‘iston terma jamoasi — I o‘rinni,
O‘zbekiston terma jamoasi — II o‘rinni,
Ozarbayjon terma jamoasi esa III o‘rinni egalladi.

G’oliblarni tabriklab, ularning kelgusi ishlarida omad tilaymiz!
So'ngi yangiliklar
Kuni kecha “O'zbekiston” telekanalida to'g'ridan to'g'ri namoyish etilgan “Munosabat” tok-shousining navbatdagi soni ta'lim sohasidagi islohotlar, ijobiy o'zgarishlar va yangiliklarga bag'ishlandi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga doir bilimlarini oshirishga qaratilgan profilaktik-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Maktablarda qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ham ko‘rsatilishi mumkin
Davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish: ochiqlik va shaffoflik
O‘zbekiston Prezidenti MDH bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi
“Boburnoma” asarining o‘zbek kitobxonlari uchun taqdimoti o‘tkazildi
“Boburnoma” asarining o‘zbek kitobxonlari uchun taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari har tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladilar
Ko`proq yangiliklar