Hududlarda tadbirkorlar faoliyati o‘rganilmoqda
Shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab Biznes-ombudsman devoni xodimlari tomonidan hududlarda tadbirkorlik sub’ektlari bilan joyiga chiqqan holda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Tadbirkorlar takliflari va muammolari tinglanmoqda, muammolari o‘rganilib, takliflar ishlab chiqilmoqda.
Xususan, Biznes-ombudsman devoni xodimlari Jizzax shahrida aholiga yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatuvchi “Begali trans servis” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, jamiyat tomonidan bugungi kunda 80 ta “Isuzu” yo‘lovchi tashish avtobusi qatnovi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, aholiga sifatli transport xizmati ko‘rsatib kelinmoqda. Jamiyat tomonidan transport xizmati, aholiga yo‘lovchi tashish xizmatini rivojlantirish maqsadida Xitoy davlatidagi hamkorlar bilan 60 dona zamonaviy Asia Star yo‘lovchi tashish avtobusini keltirish yuzasidan import shartnomalari imzolangan. Loyiha amalga oshirilishi natijasida qo‘shimcha 120 dan ortiq ish o‘rni yaratilishi, aholiga sifatli transport xizmati ko‘rsatilishiga hamda jamiyatning tadbirkorlik faoliyati yanada rivojlanishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, Jizzax shahar “Jizzax” EIZ ishtirokchisi “IRUSKON” MCHJ tomonidan yo‘lga qo‘yilgan “DEYA” brendi ostida qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishildi.
Korxonada yiliga 12 ming tonna (qiymati 50 mln. dollar) qandolat va shokolad mahsulotlari ishlab chiqarilishi, mahsulotlarning 25 foizi Rossiya, Turkiya, Mo‘g‘uliston, Xitoy va MDH davlatlariga eksport qilinishi yo‘lga qo‘yilgan.
Jamiyat tomonidan 350 nafar doimiy ish o‘rini yaratilgan bo‘lib, jamiyat rahbari S.Ortiqovning ma’lum qilishicha joriy yilda 10 mlrd. so‘m foyda olish kutilmoqda.
Shuningdek, korxona rahbari bilan bo‘lib o‘tgan suhbat davomida korxonaning sud masalalarida muammolari mavjudligi bildirildi.
Ushbu bildirilgan muammolar vakil devoni xodimlari tomonidan qonuniy yechimi bo‘yicha ijroga qaratildi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
So'ngi yangiliklar
Kuni kecha “O'zbekiston” telekanalida to'g'ridan to'g'ri namoyish etilgan “Munosabat” tok-shousining navbatdagi soni ta'lim sohasidagi islohotlar, ijobiy o'zgarishlar va yangiliklarga bag'ishlandi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga doir bilimlarini oshirishga qaratilgan profilaktik-targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Maktablarda qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ham ko‘rsatilishi mumkin
Davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirish: ochiqlik va shaffoflik
O‘zbekiston Prezidenti MDH bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi
“Boburnoma” asarining o‘zbek kitobxonlari uchun taqdimoti o‘tkazildi
“Boburnoma” asarining o‘zbek kitobxonlari uchun taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari har tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish muhimligini ta’kidladilar
Ko`proq yangiliklar